Trampning impichmenti kechiktirilyapti. Oq uy bosim o‘tkazdi
Olam
−
16 Oktabr 2019
3284AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi demokratlar mamlakat Prezidenti Donald Trampning impichmenti jarayonini boshlash uchun ovoz berishni ortga qoldiryapti. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Pelosining so‘zlariga ko‘ra, qonunchilikda ovoz berishni darhol o‘tkazish kerakligi haqida talab yo‘q, shu sababdan u kechiktiriladi. Bunday qaror respublikachilar va OQ yuy tomondan bosimning ortib borishi sababli qabul qilindi. Spiker bu masala demokratlar uchun o‘ta muhimligi ta’kidlab, aniq dalil topishga harakat qilishayotganini bildirdi.
9 oktyabr kuni Pelosi Oq uy Trampning impichmenti jarayonida ishtirok etishdan bosh tortishini surishtiruvga to‘siq bo‘lish va demokratiyaga xiyonat, deb baholagandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi Vakillar palatasi 25 sentyabr kuni Prezident Donald Trampning impichmenti jarayonini boshladi. Bunga Trampning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati asos bo‘ldi. Tramp muloqot vaqtida Zelenskiyga bosim o‘tkazib, Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan korrupsiya ayblovi bilan jinoyat ishi ochishni so‘ragani iddao qilindi. Ayni vaqtda Bayden 2020 yildagi saylovda Tramp uchun asosiy raqobatchi hisoblanadi.
LiveBarchasi