G‘azabga kelgan Tramp aybdorlarni o‘zi so‘roq qilmoqchi
Olam
−
30 Sentabr 2019
5146AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 29 sentyabr kuni Vashington ma’muriyati rahbari va uning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbati tufayli u haqida shikoyat yozgan razvedka xodimi bilan uchrashishni istayotganini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"Har qanday amerikalik singari, men ayblovchim bilan uchrashishga loyiqman, ayniqsa bu ayblovchi, deb ataladigan ma’lumot beruvchi, chet el rahbari bilan mukammal suhbatni mutlaqo noto‘g‘ri va aldamchi tarzda taqdim etganida", deb yozdi Tramp Twitter`dagi sahifasida.
"Men nafaqat ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qo‘llardan ma’lumot bergan prokurorim bilan, balki unga noqonuniy ravishda ushbu ma’lumotni bergan odam bilan ham uchrashmoqchiman, bu juda ham noto‘g‘ri...Bu kishi Amerika Prezidentiga josuslik qilganmi? Oqibati jiddiy!" deya tahdid qildi Tramp.
AQSH rahbari shuningdek, Trampning Zelenskiy bilan bo‘lgan suhbatining mazmunini buzgani sababli AQSH Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi raisi Adam Shiffni (Kaliforniya shtatidan demokrat) so‘roqqa chaqirdi. "Shiff Kongressga yolg‘on gapirib, mening aslida aytganlarimni buzdi, u yozgan va o‘qigan narsalar, AQSH Prezidentining og‘zidan chiqqan. Men Shiffni aldash va xiyonat uchun eng yuqori darajada so‘roq qilinishini istayman", deya qo‘shimcha qildi Tramp.
LiveBarchasi