Trampning Ferrari'si auksionga qo‘yildi (foto)
Olam
−
25 yanvar
5104Amerika avtomobillari auksion uyi Rockstar AQSH Prezidenti Donald Trampning mashinasini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda auksion uyi saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, lot sifatida 2007 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari F430 Coupe superkari taqdim etilgan. U chiqarilganidan so‘ng Tramp tomonidan darhol sotib olingan. Avtomobil aynan Trampga tegishli ekaniga dalil sifatida hujjatlar va DJT (Donald Jon Tramp) harflari bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgisi ham saytga joylashtirilgan.
Tramp bu avtomobilga qancha vaqt egalik qilgani aytilmagan. Ferrari’ning holati : avariyalarsiz, bo‘yoq esa shaffof plyonka bilan himoyalangan. Rockstar avtomobil holatini 10 balldan 9 ballga baholagan.
errari F430 Coupe qizil rangga bo‘yalgan. Intereri esa sarg‘ish rangli charmdan ishlangan va mexanik uzatmalar qutisi orqali harakatlanadi.
Avtomobilning texnik xususiyatlari: Ferrari F430 Coupe 4,3 litrli 490 ot kuchiga ega V8 dvigateli bilan jihozlangan. Sportkar 3,9 soniyada 100 km/s tezlikka chiqadi va maksimal tezligi 315 km/soatni tashkil qiladi.
“Rockstar F430 Coupe'ni 1 million dollarga baholagan va bu avtomobilning bozor narxidan besh baravar ko‘p”, deb yozadi "Auto Bild".
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nyu-Yorkdagi RM Sotheby’s auksion uyida afsonaviy nemis poygachisi Mixael Shumaxerning “Formula-1”ning 2006 yilgi mavsumida boshqargan Ferrari 248 mashinasi sotuvga qo‘yilgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi