Trampning Eron haqidagi bayonotidan so‘ng neft narxi pasaydi
Olam
−
12:07 11124 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan harbiy harakatlar tez orada yakunlanishini e’lon qilganidan so‘ng kecha 10 mart kuni jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Jahon bozorida “Brent” markali neft 11,28 foizga arzonlashib, bir barreli uchun narxi 87,8 AQSH dollarga tushdi. WTI esa 11,94 foizga pasayib, 83,4 AQSH dollarni tashkil qildi. Bunga qadar, dushanba kuni neft narxi 2022 yildan beri ilk bor bir barrelli 100 AQSH dollar ko‘rsatkichdan oshib ketgan edi.
Ma’lumot uchun, 9 mart kuni global bozorda neft narxi keskin oshib, “Brent” markali neft narxi bir barrel uchun 108,7 AQSH dollarga yetgan edi.
Biroq, AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset Pentagon brifingida dushman butunlay uzil-kesil mag‘lub etilmaguncha, urush yakunlanmasligini ta’kidlab, xavotirlarni saqlab qoldi. Bozorni barqarorlashtirish maqsadida Xalqaro energetika agentligi va G7 davlatlari qariyb 1 mlrd barrel favqulodda zaxira neftini muomalaga chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Isroildan Eronning neft ob’ektlariga zarba bermaslikni so‘ragandi.
Live
Barchasi