Trampning sahifasi bloklangach, Twitter’ning aksiyalari narxi tushib ketdi
Olam
−
09 yanvar 2021
3697Ijtimoiy tarmoqlar AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning akkauntlarini bloklab qo‘yganidan so‘ng, Twitter aksiyalari AQSH savdolarida deyarli 4 foizga tushib ketdi. Bu haqda “Fox News” xabar bergan.
Qayd etilishicha, Twitter aksiyalari 3,77 foizga pasayib, 49,54 dollarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, Twitter ma’muriyati “zo‘ravonlikni yanada qo‘zg‘atish xavfi tufayli” Trampning akkauntini bloklab qo‘ygandi. Shundan so‘ng, Trampning saylovoldi shtabi akkaunti ham bloklandi.
Shuningdek, uning Facebook, Instagram, Twitch, Snapchat’dagi sahifalari ham bloklangan.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi demokrat Jozef Baydenning 3 noyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini ma’qullagan.