Trampni “qo‘rqoq” degan sobiq vitse-prezident vafot etdi

Olam

image

AQSHning sobiq vitse-prezident Dik Cheyni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasiga tayanib, kecha, 4 noyabr kuni CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, siyosatchining o‘limiga pnevmoniya va yurak-qon tomir kasalliklari tufayli yuzaga kelgan asoratlar sabab bo‘lgan. Sobiq vitse-prezidentning qarindoshlarining ma’lum qilishicha, Dik Cheyni vafot etgan paytda 61 yildan beri birga yashagan rafiqasi, shuningdek, qizlari Liz va Meri hamda boshqa oila a’zolari uning yonida bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, u 2001 yil yanvaridan 2009 yil yanvarigacha Jorj Bush administratsiyasida AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Shuningdek, Cheyni ikki marta vaqtincha prezident vazifasini bajargan. 2001 yil 11 sentyabrdagi terror hujumlariga nisbatan keskin munosabati bilan tanilgan. Aynan shu voqealardan so‘ng AQSH Yaqin Sharqda yangi urushlarni boshlagan.

Respublikachilar partiyasi a’zosi sifatida Dik Cheyni hozirgi Prezident Donald Trampni keskin tanqid qilib, uni “qo‘rqoq” va “davlat uchun eng katta tahdid” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentinaning Misones provinsiyasi parlamentiga nomzod bo‘lgan 66 yoshli siyosatchi Ernan Damiani jonli efir paytida yurak xurujidan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

vitse-prezident Dik Cheyni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing