Trampga suiqasd qilishga uringan gumonlanuvchi kimligi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
16 Sentabr
11943AQSH prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinishda gumonlanayotgan shaxs Gavayida yashovchi 58 yoshli Rayan Rut ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Rut faol Ukraina tarafdori hisoblanadi. Xususan, u Ukraina uchun mablag‘ yig‘ishda ishtirok etgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Kiyev uchun kurashishga chaqirib kelgan. Bundan tashqari, 2022 yilda ukrainaliklar va Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun shaxsan Kiyevga borgan. Uning fikricha, jinsi va yoshidan qat’i nazar, dunyodagi hamma bu ishni qilishi zarur.
“Bizga ular kerak. Dunyoda 190 ta davlat bor. Agar hukumatlar o‘z harbiylarini jo‘natmasa, tinch aholi tayoq ko‘tarib, o‘zlari jang qilishi kerak”, deydi u.
Qayd etilishicha, Kiyevda Rut o‘zini harbiy amaliyotlarda yordam berishni istagan xorijliklarga ko‘maklashuvchi xalqaro ko‘ngillilar markazi rahbari sifatida tanishtirgan. Shuningdek, u jurnalistlarga bergan intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp bo‘lgan golf maydonchasida unga yaqin masofada o‘q uzilgani va bu Trampga nisbatan suiqasd bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi