Tramp JCH qur’asida ishtirok etadi

Sport

image

Bugun, 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirok etadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, marosim davomida Trampga birinchi bor ta’sis etilgan “FIFA tinchlik mukofoti” topshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, mundialga qur’a tashlash marosimi bugun, 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun qur’ada 3-savatchadan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazishi va unga NFL Super Bowl 7 karra chempioni Tom Bredi, NHL shon-shuhrat zali a’zosi va to‘rt karra Stenli kubogi sohibi Ueyn Gretski, 4 karra NBA chempioni, Olimpiya va Jahon chempioni hamda  NBA Shon-shuhrat zali a’zosi Shakil O’Nil hamrohlik qilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jahon chempionati qur'a tashlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing