JCH qur’asini kim o‘tkazishi ma’lum qilindi

Sport

image

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand ertaga, 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi. Bu haqda FIFA rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

“Ushbu tarixiy qur’a tashlash marosimini o‘tkazish beqiyos sharaf. Men o‘yinchi sifatida Jahon chempionatlari uchun yashaganman. Endi esa butun dunyo kutayotgan 12 guruh tarkibini aniqlashda ajoyib sportchilar bilan bir qatorda alohida rol o‘ynash sharafiga muyassarman”,  dedi Ferdinand.

Ma’lumot uchun, mundialga qur’a tashlash marosimi ertaga, 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi. Marosimda Ferdinandga NFL Super Bowl 7 karra chempioni Tom Bredi, NHL shon-shuhrat zali a’zosi va to‘rt karra Stenli kubogi sohibi Ueyn Gretski, 4 karra NBA chempioni, Olimpiya va Jahon chempioni hamda  NBA Shon-shuhrat zali a’zosi Shakil O’Nil hamrohlik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun qur’ada 3-savatchadan o‘rin olishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Rio Ferdinand qur'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing