Tramp Zelenskiyga urushni bir oy ichida tugatish kerakligini aytgan – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda imkon qadar tezroq tinchlikka erishmoqchi ekanini bildirgan. Bu haqda ukrainalik amaldor va suhbatdan xabardor ikki manbaga tayanib, “Axios” nashri xabar berdi.

Manbalardan birining aytishicha, Zelenskiy urush 2026 yilda yakunlanishiga umid bildirgan. Tramp esa mojaro allaqachon haddan tashqari cho‘zilib ketganini aytib, uning bir oy ichida tugashini istashini ma’lum qilgan.

Ukrainalik amaldor so‘zlariga ko‘ra, Tramp Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida AQSH tomonidan Ukrainaga muhim xavfsizlik kafolatlari berishga tayyorligini ham tasdiqlagan.

Suhbatda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda uning kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etgan.

Zelenskiy ularning 26 fevral kuni Jenevada o‘tkaziladigan ikki tomonlama uchrashuvda muhokama qilinadigan masalalarni ko‘rib chiqqanini, shuningdek mart oyi boshida uch tomonlama formatda muzokara guruhlarining navbatdagi to‘liq tarkibdagi uchrashuviga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinganini aytgan. U mazkur uchrashuv yetakchilar darajasidagi muzokaralarga o‘tish imkonini berishiga umid bildirgan

Uitkoff esa Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning yangi bosqichi yaqin o‘n kun ichida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan boshlangan keng ko‘lamli urushning to‘rt yilligi munosabati bilan xalqqa videomurojaat yo‘llagandi. Zelenskiy nutqi davomida urushning ilk kunlari, xalqning tanlovi, og‘ir yo‘qotishlar va tinchlik masalasi haqida ko‘plab bayonotlar bergan. Prezident dastlab ushbu tarixiy sanani eslagan. Uning ta’kidlashicha, o‘sha kunlarda ko‘pchilik Ukraina tez taslim bo‘ladi, deb o‘ylagan. Ammo ukrainaliklar boshqacha yo‘lni tanlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing