Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina masalasini gaplashdi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bir qator Yevropa rahbarlari bilan Ukraina mojarosini muhokama qildi. Bu haqda  “Washington Post” xabar berdi.

Bildirilishicha, Tramp Yevropaning bir necha rahbarlari bilan suhbatlashib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” haqida savollar bergan.

“Bloomberg” nashrining yozishicha, Polsha  Prezidenti Andjey Duda Tramp undan Ukrainadagi qarashlari, shuningdek, boshqa rahbarlarning pozitsiyalari haqida so‘raganini aytgan.

 “Washington Post”ga ko‘ra, AQSHda saylov o‘tkazilgan kundan boshlab Yevropa rahbarlari Tramp bilan muloqot qila boshlagan. Ta’kidlanishicha, Tramp ular bilan suhbatlar davomida hech qanday talablar qo‘ymagan, balki Ukraina haqida savollar bergan.

“Zelenskiyning g‘alaba rejasi haqida nima deb o‘ylaysiz? Putin haqida nima deb o‘ylaysiz?”, degan Tramp.

Ma’lumot uchun, Zelenskiy 18 oktyabr kuni Ukraina parlamentida “g‘alaba rejasi” ni taqdim etdi. Hujjat beshta element va uchta maxfiy qo‘shimchani o‘z ichiga oladi. Zelenskiy rejani amalga oshirish sheriklarga bog‘liqligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan front chizig‘idagi jangovar harakatlarni tugatish asosida Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha munozaralarga ochiqligi haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Evropa Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing