Tramp yolg‘on gapirgan. AQSH bazasiga hujumning yangi tafsiloti ma’lum bo‘ldi
Olam
−
17 yanvar 2020
23336Eronning Iroqdagi AQSH bazalariga raketa hujumi natijasida avval aytilganidek hech bir amerikalik jabrlanmay qolmagan. Hujumda 11 nafar amerikalik harbiy jabrlangan, ularda miya chayqalishi aniqlangan. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.
Raketa hujumidan keyin 11 kishi Quvayt va Germaniyada davolanish kursidan o‘tgan.
“8 yanvar kuni Eronning Ayn al-Asad bazasiga hujumi vaqtida AQSH harbiylaridan birontasi ham halok bo‘lmadi. Ba’zilar portlashdan keyin miya chalqalishi uchun davolandi”, degan AQSHning Markaziy qo‘mondonligi vakili kapitan Bill Urban.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning Erbildagi harbiy ob’ekt va Ayn al-Asad bazasiga hujumi natijasida bironta ham amerikalik jabrlanmaganini ma’lum qilgandi. Eron OAV esa hujum vaqtida 80 nafar amerikalik halok bo‘lganini iddao qilgandi.
Eron harbiy bazaga hujum general Qosim Sulamoniyning o‘limi uchun javob ekanini ma’lum qilib, Amerika yana hujum qilsa, javob berilishini bildirgandi.
LiveBarchasi