Tramp yo Bayden? Klinton o‘ziga taraf tanladi
Olam
−
29 Oktabr 2020
8978AQSH prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton Saylovchilar kollegiyasining a’zosi bo‘ldi. Bu haqda u "SiriusXM"ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Men Nyu-York shtati vakiliman. Jo Bayden va Kamola Xarrisga ovoz berishimga aminman", degan Klinton.
AQSHda saylovlar ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchidan, mamlakatning har bir shtatida umumiy ovoz berish o‘tkaziladi. Undan so‘ng shtat darajasidagi ovozlar Saylovchilar kollegiyasi nomli kengashga oshiriladi. Ushbu kengash a’zolari shtat aholisi soniga qarab tayinlanadi va ular shtatda eng ko‘p ovoz olgan nomzodga o‘z ovozini beradi.
2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Xillari Klinton raqibi Donald Trampdan deyarli 3 million ko‘proq ovoz to‘plagan. Tramp esa Saylovchilar kollegiyasida yutib chiqqan va shu orqali Prezident bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat Demokratik partiyasidan AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden nomzod. Amaldagi davlat rahbari Donald Tramp esa respublikachilardan nomzod bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi