Tramp yana 150 davlatga boj joriy qilmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp 150 ga yaqin davlatdan olib kiriladigan tovarlarga 10-15 foiz miqdorida import bojlari joriy qilinishi rejalashtirilayotganini e’lon qildi. Bu haqda u kecha, 16 iyul kuni Oq uyda Bahrayn shahzodasi – Bosh vazir Salmon bin Hamad Al Halifa bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

“Biz qolgan 150 ga yaqin mamlakat uchun yagona boj miqdorini belgilamoqchimiz. Bu, ehtimol, 10 foiz yoki 15 foiz bo‘ladi. Hali aniq qaror qilganimiz yo‘q”, degan Tramp. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, boj joriy qilinishi kerak bo‘lgan davlatlar “katta emas, ularning AQSH bilan savdo hajmi ham unchalik katta emas”.

Shuningdek, Tramp bu davlatlarni Xitoy yoki Yaponiya kabi bitim tuzilgan davlatlar bilan solishtirmaslik kerakligini aytgan. U hozirda 10 foizlik tarif amalda ekani, lekin bu stavka 15 yoki hatto 20 foizgacha oshirilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan. Tramp AQSH hali ham boshqa mamlakatlar, jumladan, Hindiston bilan adolatliroq savdo bitimlari bo‘yicha muzokara olib borayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti 1 avgustdan boshlab 14 ta davlatga yangi savdo bojlarini joriy etilayotgani haqida ma’lum qilgandi. Ular orasida Qo‘zog‘iston ham bor va Tramp ma’muriyati u yerdan olib kiriladigan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etilishi haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy boj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing