Tramp Venesuela neftini yana 2 oy blokadada ushlab turishni buyurdi

Olam

image

Oq uy AQSH Qurolli kuchlariga yaqin ikki oy davomida Venesuela neftini “karantin” ostida ushlab turishga e’tibor qaratishni buyurdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbaning aytishicha, Vashington Karakasga nisbatan iqtisodiy bosimni, xususan sanksiyalar orqali kuchaytirishga qaror qilgan, biroq harbiy variantlar hamon mavjud.

“Agar Venesuela AQSH talablariga jiddiy yon bosmasa, yanvar oyi oxiriga borib mamlakat iqtisodiy falokatga duch kelishi mumkin, degan qarash bor”, deydi nashr manbasi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil dekabr o‘rtalarida AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuelaga borayotgan yoki undan chiqayotgan, sanksiyalar ostiga tushgan barcha neft tankerlariga nisbatan blokada e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng AQSH Qurolli kuchlari Venesuela sohillari yaqinida Skipper va Centuries nomli ikki neft tankerini qo‘lga oldi. Uchinchi kema – Bella 1 ekipaji amerikalik harbiylarning bortga chiqishiga yo‘l qo‘ymadi, biroq uni ta’qib qilish davom etmoqda. Tramp AQSH qo‘lga olingan tankerlar orqali musodara qilingan neftni o‘zida saqlab qolishini bildirdi.

Venesuela AQSH harakatlariga javoban o‘z portlaridan neft tankerlarini harbiy-dengiz floti qo‘riqlovida chiqarishni boshladi. Bu esa AQSH va Venesuela o‘rtasida harbiy to‘qnashuv xavfini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing