Tramp va Putinning uchrashuvigina natija beradi – Rubio

Olam

image

Ukrainada tinchlik jarayoni AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvidan keyingina boshlanadi. Bu haqda bugun, 16 may kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “Fox News” efirida so‘z ochdi. 

“Bu qachon va qayerda sodir bo‘lishini bilmayman, lekin bu hozircha yagona imkoniyat. Biz bir necha oylik ish davomida bilib oldikki, Prezident Tramp Vladimir Putin bilan o‘tirib, hamma narsani stolga qo‘ymaguncha hech narsa bo‘lmaydi”, dedi Davlat kotibi.

Vladimir Putinning Istanbulda Ukraina tomoni bilan o‘zi tashabbus qilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda qatnashishdan bosh tortganiga izoh berar ekan, Donald Tramp, shuningdek, uning Rossiya Prezidenti bilan uchrashuvisiz Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish bo‘lmasligini ta’kidladi.

“U (Putin ) bormasligi aniq. U meni boradi deb o‘ylab, kelmoqchi. Men bo‘lmasam u bormaydi”, deydi Tramp.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv imkon qadar tezroq bo‘lib o‘tishi kerak, “chunki juda ko‘p odam nobud bo‘lmoqda”. Putinning Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibiga kiritilmaganidan hafsalasi pir bo‘ldimi degan savolga AQSH Prezidenti shunday javob berdi:

“Men hech narsadan xafa emasman”.

Rossiya-Ukraina muzokaralari oldidan Donald Tramp, agar bu yordam bersa va har ikki yetakchi – Rossiya va Ukraina Istanbulga kelsa, Yaqin Sharqqa safarini to‘xtatish mumkinligini inkor etmagandi.

Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya Yozuvchilar uyushmasi raisi, Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy jurnalistlarga bugun,16 may kuni soat 10:00 da Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchiligidagi Ukraina delegatsiyasi bilan uchrashuv rejalashtirilganini aytdi.

Muzokaralarda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing