Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Tramp va Putin shu haftada yana qo‘ng‘iroqlashadi

Olam

image

AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbati yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda kecha, 16 mart kuni AQSH yetakchisining maxsus vakili Stiven Uitkoff CNN telekanalida ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, bu hafta ikki Prezident o‘rtasida juda yaxshi va ijobiy muhokama bo‘ladi”, dedi u.

Uitkoffning aytishicha, uning shu hafta boshida Putin bilan uchrashuvi ham “ijobiy” bo‘lgan.

“Vashington va Moskva pozitsiyalari bir-biriga yaqinlashib bormoqda”, dedi u.

Maxsus vakil Rossiya Prezidenti bilan bir necha soat suhbatlashgani va Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish zarurati haqidagi “Prezident Trampning falsafasini qabul qilgani” taassurotiga ega ekanini ta’kidladi. Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalarda bu borada qandaydir kelishuvga erishilishi mumkin.

Uitkoff Putin bilan 13 mart kuni, Kiyev va Vashington o‘rtasida Jiddada bo‘lib o‘tgan muzokaralardan ikki kun o‘tib Moskvada uchrashdi. Jiddada Ukraina Rossiya ham rozi bo‘lsa, AQSHning 30 kunlik otashkesim o‘rnatish taklifiga rozi bo‘lini bildirdi.

Putin 13 mart kuni 30 kunlik otashkesim taklifiga faqat ma’lum shartlar asosida rozi bo‘lishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, “bu inqirozning asosiy sabablari” “muhokama qilinishi” va Ukrainani o‘t ochishni to‘xtatish davrida qayta qurollantirish va qo‘shimcha safarbarlik qilish imkoniyatidan mahrum qilish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing