Tramp va Putin qayerda uchrashishi, unda nima muhokama etilishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 28-29 iyun kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida G-20 (“Katta yigirmatalik”) sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammit doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSH adminstaratsiyasi vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.

Shuningdek, Tramp Osakada bir qator yetakchi davlat rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. U Putindan tashqari Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Germaniya kansleri Angela Merkel, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Solmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashadi. 

AQSH Prezidenti Putin bilan qurollanish ustidan nazorat, Eron, Ukraina va Yaqin Sharq muammolarini muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

85

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing