Tramp va Pompeoda koronavirus kelib chiqishi haqida ma’lumot yo‘q – JSST
Olam
−
05 may 2020
3694Amerika Qo‘shma Shtatlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) koronavirus laboratoriyadan tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni bermadi. Bu haqda JSSTning favqulodda holatlarda sog‘liqni saqlash dasturi direktori Maykl Rayan jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi
“AQSH rasmiylaridan virusning kelib chiqishi mumkinligi to‘g‘risida biron bir ma’lumot olmadik. Bizning fikrimizcha, bularning barchasi spekulyarizm. Tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanadigan har qanday tashkilot singari, biz ham virusning kelib chiqishi haqida har qanday ma’lumotni olishni xohlaymiz. Chunki bu jamoat salomatligi bilan bog‘liq va kelajakda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan juda muhim ma’lumot. Shunday qilib, agar bunday ma’lumotlar va dalillar mavjud bo‘lsa, u holda AQSH hukumati uni boshqalar bilan baham ko‘rishi kerak. Ammo JSST bunday axborot vakuumida ishlash qiyin“, deydi Rayan.
Shuningdek, u bu borada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga chaqirdi. Lekin, avvalroq, Xitoy hukumati JSST mutaxassislariga koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga ruxsat bermagani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Maykl Pompeo shtatlar yangi koronavirusning Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan tarqalishi haqida dalillar borligini aytgandi. Shu bilan birga, AQSH razvedka hamjamiyati COVID-19 sun’iy ravishda sintez qilinmagan deb taxmin qilishdi.
LiveBarchasi