Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan shaharda miting o‘tkazmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Butler shahrida navbatdagi saylovoldi tashviqoti mitingini o‘tkazadi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men qahramonimiz o‘t o‘chiruvchi Kori va ikki hafta oldin yaralangan o‘sha jasur vatanparvarlar sharafiga katta va chiroyli miting o‘tkazish uchun Pensilvaniya shtati Butlerga qaytaman”, deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida.

Siyosatchining postida miting qachon va aynan qayerda bo‘lib o‘tishi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq “NBC News” xabariga ko‘ra, Tramp kampaniyasi yaqinda sodir bo‘lgan suiqasddan so‘ng yopiq joylarda mitinglar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq prezidenti 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingida yaralangan edi. 20 yoshli yigit siyosatchiga qarata o‘q uzgan. O‘q Trampning qulog‘ining tepasiga teggan. Otishma oqibatida 50 yoshli miting ishtirokchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Hujumchi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing