Tramp uysizlarni Vashingtondan quvmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp uysizlarni Vashingtondan uzoqroqqa ko‘chirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 10 avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Men poytaxtimizni xavfsiz va chiroyli qilmoqchiman. Uysizlar darhol ketishi kerak. Biz sizlarga yashash joylari beramiz, lekin poytaxtdan uzoqda”, deya yozgan Tramp. 

U jinoyatchilarga ham murojaat qilib, ularga hech qayerga ketishga hojat yo‘qligini, chunki ularni “o‘z joyi bo‘lgan qamoqqa” yuborishlarini aytgan. Prezidentning ta’kidlashicha, barcha choralar noqonuniy migrantlar masalasidagi kabi tezkor amalga oshiriladi.

“So‘nggi bir necha oyda biz millionlardan nolga tushdik. Endi ham shunday bo‘ladi – tayyor turing! Biz poytaxtimizni qaytarishni istaymiz”, deya yozgan davlat rahbari. 

“The Washington Post” gazetasining yozishicha, AQSH Prezidenti ma’muriyati uning hokimiyatga kelgan ilk yilida 1 milliongacha migrantni deportatsiya qilishni rejalashtirgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, Ichki xavfsizlik vazirligi va boshqa federal idoralar xodimlari allaqachon 1,4 million kishining bir qismini chiqarib yuborish yo‘lini topishga harakat qilmoqda. Ammo bu ishni amalga oshirish mushkul, chunki ularning vatani migrantlarni qabul qilmayapti. AQSH uchinchi davlatlar bilan deportatsiya qilinganlarni qabul qilish bo‘yicha ham muzokara olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga qarshi kurashni boshlagach, ularning soni deyarli bir millionga kamaygani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vashington

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing