Tramp uning murojaatini ko‘rsatmagan telekanallarga tahdid qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 16 iyul oqshomida uning mamlakat aholisiga yo‘llagan hamda asosan milliy saylov jarayonlariga xorijning ehtimoliy aralashuviga bag‘ishlangan murojaatini translyatsiya qilishdan bosh tortgan Amerika telekompaniyalarining litsenziyalarini bekor qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda u “Reuters” xabar berdi.

“Kamdan-kam kuzatiladigan qadam sifatida feyk yangiliklar ijodkorlari bo‘lmish NBC va ABC ushbu nutqni yoritmasliklarini ma’lum qilishdi. Ular gap nima haqida ketishini bilishardi. Bunday firibgarlik ularning litsenziyalarini qaytarib olish bilan jazolanishi kerak”, deydi Tramp.

Ma’lumot uchun, CNN va NBC telekanallari Prezidentning jonli efirdagi nutqini uzatishdan bosh tortgan. Tramp o‘z nutqida Xitoy 2018 va 2020 yillardagi AQSH saylovlariga aralashish uchun millionlab saylovchilarning faylriga noqonuniy ravishda kirish huquqini qo‘lga kiritganini da’vo qilgan edi. CBS va “Fox News” telekanallari murojaatni qisman namoyish etdi, NBC va ABC esa uni o‘zlarining striming platformalarida translyatsiya qildi.

Qonunga ko‘ra, Amerika telekanallari Prezidentning praym-taymdagi chiqishlarini namoyish etishga majbur emas. “Politico” nashrining qayd etishicha, ommaviy axborot vositalari ilgari ham efirlardan bosh tortgan – 2022 yilda bir nechta kanal Jo Baydenning demokratiyaga tahdidlar haqidagi murojaatini ko‘rsatmagan, 2014 yilda esa ABC, CBS va NBC Barak Obamaning immigratsiya masalalariga bag‘ishlangan chiqishiga e’tibor qaratmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp xalqqa murojaati davomida Xitoyni Amerika saylovlariga aralashishda yana bir bor ayblagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing