Tramp o‘lim jazosini tiklamoqchi

Olam

image

O‘z lavozimiga krishgan AQSH Prezidenti Donald Tramp Jo Bayden tomonidan bekor qilingan o‘lim jazosini AQSHda federal darajada tiklaydi, shuningdek, Meksika chegarasiga qo‘shin yuboradi. Bu haqda yangi ma’muriyat vakillariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, shuningdek, birinchi prezidentlik kuni Tramp janubiy chegarada milliy favqulodda holat e’lon qiladi va Meksikada boshpana izlovchilarni AQSH sudida tinglovni kutishga majburlovchi siyosatni tiklaydi. Amerikaning rasmiy hujjatlarida, jumladan pasportlarda fuqarolarning tug‘ilgan vaqtida ko‘rsatilgan jinsini qayd etish talab etiladi. Shuningdek, federal hukumatda xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni to‘xtatadi. 

Eng muhim qadami esa – Tramp Qo‘shma shtatlarning strategik manfaatlariga zid bo‘lgan hollarda boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatishni taqiqlovchi farmonni imzolashni ko‘zlamoqda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning iyul oyida AQSHda federal darajada o‘lim jazolarini ijro etishga moratoriy e’lon qilingan. Ushbu qarorni o‘sha vaqtdagi Bosh prokuror Merrik Garland Jo Bayden prezidentligi davrida joriy qilgan edi. Donald Tramp esa saylovoldi kampaniyasi davomida prezidentlikning birinchi kunidayoq mazkur moratoriyni bekor qilishini va’da qilgan.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning birinchi prezidentlik muddati (2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigacha) oldidan federal hukumat o‘lim jazolarini juda kam hollarda amalga oshirgan. 2003 yildan 2020 yilgacha federal darajada norasmiy moratoriy amal qilgan. Ammo 2020 yilda federal hukumat tomonidan o‘n kishi qatl etilgan, bu 1896 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Bu ko‘rsatkich o‘sha yili AQSHning barcha shtatlaridagi o‘lim jazolarini ijrosi sonidan ham ko‘p bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp inauguratsiya marosimidan so‘ng noqonuniy muhojirlarga qarshi ommaviy reyd tadbirlarini boshlashi xabar qilingan edi. Ushbu reydlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago shtatidan boshlanadi. Reyd bir hafta davom etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbirda ikki yuz nafargacha huquq-tartibot xodimlari ishtirok etishi ko‘zlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp o'lim jazosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing