Tramp Ukrainani Qrim va Donbassni Rossiyaga berishga majburlamoqchi – WP

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp shaxsiy suhbatida Kiyevga Qrim va Donbassni Rossiyaga berish uchun bosim o‘tkazish orqali Ukrainadagi urushni tugatishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “The Washington Post” suhbatdan xabardor manbalarga tayanib, xabar berdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ham, Ukraina ham mojarodan chiqish yo‘liga muhtoj.

Shu bilan birga, Trampning ta’kidlashicha, Ukrainaning ayrim hududlarida odamlar Rossiya tarkibiga kirishga qarshi emas.

WP nashrining yozishicha, Trampning Ukraina bo‘yicha rejalari noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Meros fondidagi yig‘ilishda ma’lum bo‘lgan.

Trampning Oq uydagi sobiq yordamchisi Maykl Antonning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Ukraina Qrimdagi hududni berishi hamda Donbass va NATOning kengayishi cheklangan bo‘lishi haqidagi reja tafsilotlarini aytib, Putinni Xitoyga o‘sib borayotgan qaramligini yumshatishga undashini aytgan.

“The Washington Post” nashri yozganidek, Trampning varianti Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiya agressiyasini cheklashga e’tibor qaratayotgan AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden siyosatini tubdan o‘zgartiradi.

Bundan tashqari, Ukraina hududlari ustidan nazorat o‘rnatish Putinning ta’sir doirasini kengaytiradi. Trampning ayrim tarafdorlari uni bu fikrdan qaytarishga harakat qilmoqda.

Respublikachi senator Lindsi Gremning so‘zlariga ko‘ra, u 100 foiz vaqtini Tramp bilan Ukraina haqida gaplashishga sarflaydi. Gremning fikricha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozona olmaydi.

Trampning saylovoldi tashviqoti vakili Kerolayn Livitt esa bu gaplarga munosabat bildirgan.

"Prezident Tramp qotillikni to‘xtatish haqida gapirayotgan yagona odam", deydi Kerolayn Livitt.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning bahorida Tramp prezident bo‘lsa, Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatishi mumkinligini aytgan edi.

2023 yilning noyabrida Vladimir Zelenskiy Tramp bilan uchrashishga va uning “tinchlik rejasini” tinglashga tayyorligini bildirgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina Donbass va Qrimni Rossiyaga berganida urush to‘xtatilishi mumkin edi, biroq Prezident uning mamlakati bu “tinchlik rejasi”ga tayyor emasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing