Tramp Ukraina bilan bitim shartlarini o‘zgartirishi mumkin – OAV
Olam
−
05 mart
5866AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington foydasiga Ukraina bilan noyob foydali qazilmalar bo‘yicha bitim shartlarini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Ukraina rasmiylariga tayanib, CBC xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari amerikalik hamkasblariga Kiyev shartnomani imzolashga tayyorligini “aniq ko‘rsatgan” bo‘lsa-da, bitim shartlari hali to‘liq kelishilmagan.
Qolaversa, nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, kelishuv parametrlari yana o‘zgarishi mumkin, chunki Tramp AQSH uchun “kattaroq va yaxshiroq bitim” tuzishga intilmoqda.
AQSH Moliya vaziri Skott Bessant nashr bilan bo‘lgan suhbatda hozirda bitim rejalashtirilmaganligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida ikki o‘rtada bitim imzolanishi kutilgan edi, ammo Oq uyda ikki rahbar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar barchasini yo‘qqa chiqargandi. Ikki o‘rtadagi tortishuvdan so‘ng, Ukraina rahbari Oq uyni kutilganidan ko‘ra ertaroq tark etdi. Bugun, 5 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Kongressning ikkala palatasi oldida Ukraina bilan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tayyorlanayotganini ma’lum qildi va “Ukraina uni imzolashga tayyor” ekanidan minnatdor ekanligini bildirdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
