Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashni va’da qildi

Olam

image

NATO sammiti bahonasida Turkiyaga kelgan AQSH Prezidenti Donald Tramp Anqarada turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda Turkiya Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olganidan keyin Vashington tomonidan Turkiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishini ma’lum qildi.

“Biz sanksiyalarni bekor qilmoqchimiz”, deydi Tramp jurnalistlar qarshisida.

Oq uy rahbari AQSHning Turkiya bilan munosabatlari hozir har qachongidan ham yaxshi ekanini aytgan. Shuningdek, Donald Tramp Turkiya bilan bog‘liq hech narsa uni xavotirga solmasligini bildirgan. 

2019 yilda Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgani sababli F-35 dasturidan chiqarildi. Anqara buni adolatsiz va noqonuniy qadam deb atadi. 2020 yil dekabr oyida AQSH Turkiya Mudofaa sanoati boshqarmasi, uning rahbari Ismoil Demir va respublikaning yana uch fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Sanksiyalarni bekor qilish Kongressda qarshilikka uchrashi mumkin, chunki Kongress 2020 yilda Rossiyaning S-400 samolyotlari Turkiyaga sotilishini taqiqlovchi qonunni qabul qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bildirish orqali AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jo Baydendan F-16 samolyotlarini undirib qaytgandi. 

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing