Tramp tez orada o‘z odamini Ukrainaga yuboradi
Olam
−
11 fevral
2481AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg yaqin orada Ukrainaga borishini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kelloggning Ukrainaga tashrifi shu hafta ya’ni 14-16 fevral kunlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi mumkinligini aytgan.
“U (Zelenskiy) kelishuv tuzmoqchi. Menimcha, ikkalasi ham (Zelenskiy ham, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham) kelishib olmoqchi. Bu masalani hal qilish kerak”, deb ta’kidlagan Tramp.
Kelloggning o‘zi Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish masalasida Trampga ishonishini aytgan va “bir necha oy ichida” tinchlik o‘rnatilishi mumkin, degan fikrni bildirgandi. Tramp, shuningdek, urushni tezroq to‘xtatish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan va yaqin orada ikki davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Rossiya-Ukraina urushini tugatish harakatlari doirasida uchrashishini aytgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi