Tramp sobiq senatorni Xitoyga elchi qilib tayinlamoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp sobiq senator Devid Perdyuni AQSHning Xitoydagi elchisi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Devid Xitoy bilan munosabatlarimizni rivojlantirish uchun qimmatli tajribaga ega. U Singapur va Gonkongda yashagan, faoliyatining katta qismini Osiyo va Xitoyda o‘tkazgan”, deydi Tramp.

Bildirilishicha, Devid mintaqada tinchlikni saqlash va Xitoy yetakchilari bilan samarali ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha Trampning strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 

Ma’lumot uchun, Devid Perdyu 2015-2021 yillar davomida AQSH Kongressining Senati tarkibida ishlagan. Bungacha u Reebok va Dollar General kabi yirik kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, bir necha yil Singapurdagi Gitano Group xalqaro kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniyada boshqaruvchi direktor sifatida, shuningdek, Gonkongda Sara Lee korporatsiyasi bo‘limida ishlagan.

Hozirda AQSHning Xitoydagi elchisi lavozimini Nikolas Byorns egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Jared Ayzekmanni Qo‘shma Shtatlar Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA)ga rahbarlik qilishga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy Devid Perd'yu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing