Tramp siyosiy sharhlovchini Milliy razvedka direktorligiga qo‘ymoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Tulsi Gabbardni AQSH Milliy razvedkasi direktori lavozimiga tayinlashga qaror qildi. Bu haqda Tramp jamoasining hokimiyatni topshirish haqidagi bayonotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, sobiq kongressmen podpolkovnik Tulsi Gabbard Respublikachi va Demokratik partiyalar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanadi.

“Tulsi bizning razvedka hamjamiyatimizga o‘zining yuksak martabasini belgilab bergan qo‘rqmas ruhni olib keladi, konstitutsiyaviy huquqlarimizni himoya qiladi va kuch bilan tinchlikni ta’minlaydi. Tulsi barchamizni faxrlantiradi”, degan Tramp.

43 yoshli Gabbard 2003 yildan beri AQSH armiyasi Milliy gvardiyasida xizmat qilgan va 2004 yildan 2005 yilgacha Iroqdagi AQSH armiyasining dala tibbiy bo‘linmasida xizmat qilgan. 2020 yilda u armiya zaxirasiga o‘tgan va bir yildan so‘ng podpolkovnik unvonini olgan.

O‘tmishda Tulsi Gabbard “Fox News” telekanalida siyosiy sharhlovchi bo‘lgan va Demokratik partiya a’zosi edi. Ammo 2022 yilda u o‘z safini tark etgan va 2024 yil avgustidagi saylovoldi kampaniyasida Trampni qo‘llab-quvvatladi.

“Associated Press” agentligining ta’kidlashicha, Tulsi Gabbard to‘g‘ridan to‘g‘ri razvedka hamjamiyatida ishlamagan, ichki xavfsizlik va qurolli kuchlar bo‘yicha tegishli palata qo‘mitalari esa bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Donald Tramp o‘zining bo‘lajak ma’muriyatidagi lavozimlarga nomzodlarni tanlamoqda. Tramp Florida shtati senatori Marko Rubioni Davlat kotibi, kongressmen Mett Getsni esa Adliya vaziri va Bosh prokuror etib tayinlash niyatida ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Tramp “Fox News” telekanali boshlovchisi Pit Xegsetni Pentagon rahbari, kongressmen Mayk Valsni Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi va biznesmen Ilon Maskni AQSH Hukumat samaradorligi departamentiga rahbar etib tayinlashga qaror qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Tulsi Gabbard Milliy razvedka direktori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing