Tramp shu hafta Yaqin Sharqqa borishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy hafta oxirida Yaqin Sharqqa tashrif buyurishi mumkin. Prezidentning bu haqdagi so‘zlarini CNN keltirdi.

Trampga ko‘ra, AQSH G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib bordi. 

“Bizning u yerda ajoyib jamoamiz bor, juda yaxshi muzokarachilarimiz bor va afsuski qarama-qarshi tomonda ham muzokarachilar kuchli”, degan Oq uy rahbari muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishidan bir muddat oldin.

Trampning urg‘ulashicha, u Yaqin Sharq mamlakatlaridan biriga yakshanba kuni, 12 oktyabrda borishi mumkin. 

Qayd etish joiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio agar G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Tramp Yaqin Sharqqa tashrif buyurishi mumkinligini aytgan edi. Ammo u ilgari ham muzokaralar barbod bo‘lganini eslatib, xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerakligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolanganini e’lon qilgandi. Tinchlik rejasining birinchi bosqichi jangovar harakatlarni to‘xtatish, garovdagilar va mahbuslarni almashish, shuningdek, gumanitar choralarni o‘z ichiga oladi. HAMAS barcha tirik garovdagilarni (so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 20 nafar) tez orada ozod qilish majburiyatini olgan, Isroil esa qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqacha olib chiqadi. Rejaga ko‘ra, xalqaro tuzilmalar – BMT va Qizil Xoch qo‘mitasi nazorati ostida gumanitar tashkilotlarning G‘azo sektoriga kirish imkoniyati kengaytiriladi. Kelishuvga erishilganini HAMAS va Isroil vakillari ham rasman tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Yaqin Sharq HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing