Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan maktub keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Amerika yetakchisi o‘z maktubida O‘zbekiston rahbarining joriy yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Tinchlik kengashi”ning ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuksak baholagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani ta’kidlanib, mamlakatga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirilgan.

O‘z navbatida, Prezident Donald Tramp O‘zbekiston rahbarini “Tinchlik kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishiga, shuningdek, Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga taklif etgan.

“Yaratgan sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin”, deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon suhbati o‘tkazib, O‘zbekiston yetakchisini G20 sammitida mehmon sifatida ishtirok etishga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing