Tramp Senatning impichment bo‘yicha qaroriga munosabat bildirdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘ziga nisbatan e’lon qilingan impichment jarayonida oqlanganiga munosabat bildirdi. U demokratlarning o‘zini chetlatish uchun ikkinchi urinishini jodugar ovi deb atadi.

“Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yirik jodugar ovining navbatdagi bosqichi edi. Hozirgacha hech bir Prezident bunga o‘xshash holat bilan to‘qnashmagan. Amerikadagi bitta siyosiy partiya vakillarining qonun ustuvorligini mensimasligi, huquq-tartibot organlarini yomonlashi, qaroqchilarni qo‘llashi, isyonchilarni oqlash va sud tizimini siyosiy o‘ch olish vositasiga aylantirilishi hamda taqib qilishi, shantaj, odamlar va qarashlarga bosim o‘tkazishi kunimizning qayg‘uli manzarasini aks ettiryapti”, degan Tramp o‘z bayonotida.

Respublikachi tez orada Qo‘shma Shtatlarning kelajagi bo‘yicha o‘z konsepsiyasini taqdim etishini ta’kidladi. U shuningdek, uni himoya qilgan advokatlar, uning impichmentiga qarshi ovoz bergan senator va Vakillik patalasi a’zolariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ochilgan ikkinchi impichment ishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Senatdagi ovoz berishda ayblov yetarlicha ovoz olmadi va Tramp oqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing