Tramp saylovda yutsa, Kiyevga sariq chaqa ham bermaslikka va’da berdi – Orban

Olam

image

Avvalroq, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban AQSHga borgani haqida xabar bergandik. U amaldagi Prezident Jo Bayden qolib, uning saylovdagi asosiy raqibi Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Uchrashuvdan so‘ng, Orban mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida Tramp saylovda g‘olib bo‘lsa, Ukrainaga sariq chaqa ham bermaslikka va’da bergani haqida gapirdi.

Orbanning fikricha, harbiy yordamning uzilishi urush to‘xtashi bilan barobar.

“Ukrainaning o‘zi oyoqqa turolmasligi kunday ravshan. Agar amerikaliklar qurol va pul bermasa, urush tugaydi. Agar amerikaliklar pul bermasa, yevropaliklar bu urushni o‘zlari moliyalashtirishga qodir emas. Tramp hozir prezident emas, lekin uning partiyasi demokratlar urushga pul jo‘natmoqchi bo‘lganida to‘sqinlik qilyapti. Tramp qaytsa, sariq chaqa ham ajratmasligini aytdi”, degan Orban M1 telekanali jurnalistiga.


Maqola muallifi

Teglar

Viktor Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing