Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Putin bilan til topishishga umid qilmoqda
Olam
−
13 avgust 2024 3394 1 daqiqa
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp AQSHdagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yana til topishishga umid qilishini aytdi. Bu haqda u kecha, 12 avgust kuni X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskka bergan intervyusida aytdi.
“Umid qilamanki, biz u bilan yana til topishamiz. Bilasizmi, u bilan til topishish yomon emas, yaxshi narsa bo‘lardi”, deydi Tramp.
Siyosatchi, shuningdek, Rossiya rahbari “yaxshi muzokarachi” ekanini, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden esa “past IQ”ga ega ekanini va Ukrainaning NATOga kirishi mumkinligini tan olganida safsatalarni aytganini ta’kidladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozir AQSHni hech kim hurmat qilmaydi.
“Mamlakatimiz hozir shunday yomon ahvolda”, deydi u.
Shuningdek, Tramp uning hukmronligi davrida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar ro‘y bermagan bo‘lishini yana bir bor takrorladi.
Live
Barchasi