Tramp ruhiy zarba olgani aytildi

Olam

image

AQSHda joriy yilning 3 noyabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyat amaldagi Prezident Donald Trampga psixologik shikast yetkazgan. Italiyalik psixolog va psixoterapevt Sara Rejinella shunday fikr bildirgan. 

"Gap nafaqat Trampning o‘zini kamsitilgandek his qilishi, balki u qo‘ldan chiqargan kuch haqida ham ketmoqda", degan ekspert. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident narsistik travma olgan. 

Rejinellaning ta’kidlashicha, Tramp mag‘lubiyatni qabul qilish borasida butun Amerika muammosini ko‘rsatib bermoqda, ya’ni butun AQSH siyosiy tizimida bu muammo mavjud. 

"Tramp buni saylov natijalarini adolatsiz deb e’lon qilganida va ovozlarni hisoblash bo‘yicha shikoyatlar berganida tasvirlab berdi. Amerika tizimi ekspluatatsiyaga asoslangan: xuddi shu tarzda, AQSH tomonidan istalmagan nomzod saylovlardagi firibgarliklar yoki terrorchilar haqida gapira boshlaydi", degan psixoterapevt.

Eslatib o‘tamiz, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden, AQSH Saylovchilar kollegiyasining ovozlariga ko‘ra, joriy yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, Saylovchilar kollegiyasidagi ovoz berish natijalari 6 yanvar kuni Kongress tomonidan tasdiqlanadi. 

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Tramp hali ham mag‘lubiyatini tan olmayapti va saylov natijalariga sud orqali qarshi chiqishga harakat qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing