Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi “halokatli” sanksiyalarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi va unga Eron ham qo‘shilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Trampning aytishicha, Rossiya bilan biznes qiladigan har qanday davlat juda qattiq sanksiyalarga duchor bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjatga Eron ham qo‘shilishi mumkin.

Gap senator Lindsi Grem va Richard Blumental tomonidan 2024 yilning aprel oyida taklif qilingan qonun loyihasi haqida ketmoqda. U qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik boj joriy etish;
  • Bu bojlar Rossiya Ukrainaga nisbatan uzoq muddatli tinchlikka rozi bo‘lmaguncha amal qiladi;
  • Tovarlarga neft, gaz, uran va boshqa mahsulotlar kiradi.

AQSH Moliya vazirligi shuni ma’lum qildiki, agar “halokatli sanksiyalar” kuchga kirsa, Rossiya AQSHga eksporti taqiqlangan mahsulotlarni boshqa bozorlar orqali diversifikatsiya qiladi.

Senatorlar bu choralarni 2025 yilning iyun o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan G7 sammitidan oldin qabul qilishni rejalashtirgan edi. Biroq qonun loyihasining ko‘rib chiqilishi Trampning Rossiya–Ukraina mojarosini hal qilish haqidagi bayonotlari ortidan vaqtincha to‘xtatilgan.

2025 yilning oktyabr oyida senatdagi respublikachi yetakchi Jon Tyun bu tashabbus Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi o‘tkazilgunga qadar “pauzaga qo‘yilganini” aytgan. Tramp va Putin 16 oktyabr kuni telefon orqali gaplashib, uchrashishga kelishib olgan, u Budapeshtda o‘tishi kutilgan edi, ammo aniq sana belgilanmagan edi.

Bir haftadan keyin Tramp uchrashuvni bekor qilganini ma’lum qildi. 

“Biz kerak bo‘lgan natijaga erisha olmasligimizni his qildim. Shuning uchun uni bekor qildim. Ammo kelajakda bu uchrashuvni amalga oshiramiz”, degan edi Tramp. 

Putin esa bu uchrashuv bekor qilinmagan, balki faqat “keyinga surilganini” aytdi.

Senator Tyun respublikachilar qonun loyihasini ovozga qo‘yishga tayyorligini, ammo buni Oq uy bilan muvofiqlashtirib amalga oshirishlarini ma’lum qilgan.

OAVning yozishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi AQSHning asosiy savdo hamkorlari, jumladan, Yevropa bilan munosabatlariga putur yetkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari “Rosatom” tomonidan Vengriyada qurilayotgan atom elektr stansiyasini (AES) sanksiyalar ro‘yxatidan chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Lindsi Grem “halokatli” sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing