Tramp Rossiya oldida qarzdor emasligini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyadan hech qanday qarzi yo‘qligini aytdi. Bu haqda u Mayamida, saylovchilar bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilgan. 

Uchrashuvda Tramp uning oilasiga tegishli kompaniyaning Rossiya banklari oldida katta qarzi borligi haqidagi ma’lumotga izoh bergan. 

Amerika rahbari ushbu ma’lumotni rad etib, uning xorijiy banklar oldida hech qanday qarzi yo‘qligini ta’kidlagan.

"Yo‘q, men Rossiya oldida qarzdor emasman. Mening qarzlarim juda, juda kam. Ular xuddi ipoteka kreditlariga o‘xshaydi", degan Tramp. 

Shu bilan birga, Oq uy rahbari agar saylovchilar xohlasa, "o‘sha oz miqdordagi qarzi" haqida ma’lumot berishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga sanoqli kunlar qolmoqda. Ular joriy yilning 3 noyabrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

bank rossiya tramp

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing