Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga chaqirdi
Olam
−
20 aprel 2021
6281Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarni uyoqdan buyoqqa surish emas, balki tuzatishi kerak. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
“Biz Rossiya bilan til topishishimiz kerak, uni Xitoy tomon itarish kerak emas”, deydi Tramp.
Unga ko‘ra, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ham “yaxshi munosabatda bo‘lgan”.
Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden 13 aprel kuni Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, unga uchinchi davlatda oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi.
Shu vaqtgacha, Finlyandiya, Avstriya, Islandiya va Chexiya davlatlari Bayden va Putin o‘rtasidagi uchrashuv uchun mezbonlik qilishni taklif qildi.
Shuningdek, Putin Bayden bilan uchrashishi mumkinligi, tomonlar muzokaraga kirishgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi