Tramp Rossiya bilan yadroviy urush bo‘lishida AQSH hukumatini aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp hukumatdagi malakasiz mas’ullar tufayli Rossiya bilan yadroviy eskalatsiya xavfi ortganidan ogohlantirdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi

Qayd etilishicha, Tramp Rossiyaning Belarusga taktik yadroviy qurollarni joylashtirish rejasini e’lon qilishida AQSH hukumatidagi no‘noq rahbarlarni ayblagan. U hukumatning Ukraina masalasi bo‘yicha qarorlari yadroviy eskalatsiya xavfini oshirganini ta’kidlagan.

“Hozir sizga aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa – ibodatingizni qiling”, deb yozadi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta, 25 mart kuni Rossiya rahbari Belarus hududiga taktik yadroviy qurollarni joylashtirish rejasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, joriy yilning iyul oyiga qadar Belarus hududida bunday qurollar saqlanadigan maxsus ombor qurilishi tugallanadi. 

Shundan so‘ng, AQSH va uning Yevropadagi ittifoqchilari Putinni xavfli yadroviy ritorikadan ogohlantirdi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp yadroviy eskalatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing