Tramp respublikachilarni g‘alabasi uchun kurashishga chaqirmoqda
Olam
−
19 dekabr 2020
5477AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp AQSH Respublikachilar partiyasini va uning vakili bo‘lgan senatorlarni yanada qattiqqo‘lroq bo‘lishga chaqirdi.
"Senator Mitch Makkonnell, respublikachi senatorlar, siz qattiqqo‘lroq bo‘lishingiz kerak yoki endi sizda Respublikachilar partiyasi bo‘lmaydi. Biz prezidentlik saylovlarida katta farq bilan g‘alaba qozondik. Buning uchun kurashing. Ularning bizdan g‘alabani o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymang!" deb yozgan Tramp Twitter'da.
Ma’lumot uchun, 15 dekabr kuni AQSH Respublikachilar partiyasining yetakchisi Mitch Makkonnell demokrat Jo Baydenni tabriklagan va uning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden, AQSH Saylovchilar kollegiyasining ovozlariga ko‘ra, joriy yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, Saylovchilar kollegiyasidagi ovoz berish natijalari 6 yanvar kuni Kongress tomonidan tasdiqlanadi.
Mamlakatning amaldagi Prezidenti Tramp hali ham mag‘lubiyatini tan olmayapti va saylov natijalariga sud orqali qarshi chiqishga harakat qilmoqchi.
LiveBarchasi