Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi

Olam

image

AQSH Respublikachilar milliy qurultoyi delegatlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Donald Trampni AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish uchun ovoz berdi.

Siyosatchi Miluokidagi (Viskonsin) qurultoyida Respublikachilar partiyasi delegatlarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ovoz berish asosan rasmiy xarakterga ega bo‘ldi: 4 iyun kuni yakunlangan ichki partiyaviy saylovlar natijalariga ko‘ra, Tramp o‘zining asosiy raqiblarini (AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli, Kaliforniya gubernatori Ron DeSantis, tadbirkor Vivek Ramasvami – ularning barchasi oxir-oqibat poygadan chiqib ketishdi) ishonchli tarzda mag‘lub etib, Respublikachilar partiyasining deyarli raqobatsiz nomzodiga aylandi.

Tramp Ogayo shtatidan respublikachi senator Jeyms Devid Vensni AQSH vitse-prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Respublikachilarning milliy qurultoyi 18 iyulga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing