O‘ktam Barnoyev Bosh vazirga o‘rinbosar bo‘lishi kutilyapti

Jamiyat

image

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Isayevich Barnoyev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlanishi kutilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘ringa ega bo‘lgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi Bosh vazir tavsiyasiga asosan O‘ktam Barnoyev nomzodini ma’qullagan.

O‘ktam Barnoyev nomzodini endi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, O‘ktam Barnoyev 2016 yil dekabr oyidan beri Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi O'ktam Barnoev

Baholaganlar

255

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing