Tramp Putin bilan qanday munosabatda bo‘lganini aytdi
Olam
−
18 mart
14657AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan konstruktiv munosabatlar tarafdori ekanini va shu yo‘l bilan Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkinligini aytdi. U bu haqda "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Men Putinni juda yaxshi bilaman, u bilan yaxshi munosabatda edim”, degan siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSHda Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden emas, balki "haqiqiy lider" bo‘lganida Ukraina inqirozi sodir bo‘lmasdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, inauguratsiyadan oldin Ukrainadagi mojaro tinch yo‘l bilan hal etilishiga va’da bergan edi.
LiveBarchasi