Tramp Putin bilan ehtimoliy uchrashuv joyini aytdi
Olam
−
13 fevral 8584 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashuv o‘tkazmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 12 fevral kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvdan so‘ng yana biri bo‘lishi mumkin. U Putinning AQSHga tashrifini kutayotganini va o‘zi ham Rossiyaga borishni rejalashtirayotganini ham bildirdi. Shuningdek, Donald Trampning qayd etishicha, u Putin bilan telefon orqali tez-tez muloqot qilishni rejalashtirmoqda.
“Men Prezident Putin bilan asosan telefon orqali muloqot qilaman, biroq oxir-oqibat biz yuzma-yuz uchrashishni ham kutmoqdamiz. Aslida biz uning bu yerga kelishini, men esa u yerga borishim kutilmoqda. Bundan tashqari, bizning birinchi uchrashuvimiz, ehtimol, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi”, dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi. Suhbat bir yarim soat davom etgan. Asosan Ukraina mojarosini tartibga solishning mumkin bo‘lgan variantlari muhokama qilingan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, suhbat yakunida Prezidentlar “o‘zaro tashriflarni ham o‘z ichiga olgan holda juda yaqin hamkorlik qilish” borasida kelishib olgan. Vladimir Putin amerikalik hamkasbini Moskvaga taklif qilgan, Tramp esa rossiyalik prezidentni AQSHga chorlagan.
Live
Barchasi