Tramp prezident bo‘lsa, dollardan voz kechmoqchi bo‘lganlarni jazolamoqchi 

Olam

image

Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod  Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, AQSH hukumati dollardan voz kechgan har qanday davlat tovarlariga nisbatan 100 foizlik boj joriy qilishini aytdi. Bu haqda "Bloomberg" xabar berdi.

"Biz AQSH dollarini jahon zaxira valyutasi sifatida saqlab qolamiz ... men (dollarda hisob-kitob qilishdan bosh tortadigan mamlakatlarga) aytaman: Agar siz dollardan voz kechsangiz, AQSH bilan ishlay olmaysiz, chunki sizning mahsulotlaringizga 100 foizlik tariflarni kiritamiz", deydi Tramp.

U bir necha bor AQSHning tarif siyosatini Xitoy va ba’zi hollarda Yevropa Ittifoqiga nisbatan qat’iylashtirishga va’da bergan. Tramp ularni AQSHga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lish va erkin savdo qoidalarini buzishda ayblaydi. Siyosatchining 2017-2021 yillardagi birinchi prezidentlik muddati davomida AQSH ham Xitoy, ham Yevropa tovarlariga tariflar kiritdi.

Nashrning yozishicha, AQSHda BRICS davlatlarining savdoda va guruh ichidagi boshqa iqtisodiy operatsiyalarda dollardan to‘liq voz kechishini oldini olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ehtimoliy choralar sifatida eksport nazorati va (AQSH tomondan) valyuta kursini manipulyatsiya qilish ayblovi sanab o‘tilgan. Bu bojxona yig‘imlarini joriy qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida rasmiy valyuta hisob-kitoblarining 59 foizi AQSH valyutasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda yevro deyarli 20 foiz ulush bilan turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning saylovoldi tashviqoti mitingi yaqinida qurollangan odamni qo‘lga olgani haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing