Tramp Oyni AQSHga tegishli deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oyni “bizniki” deb atadi. Bu haqda Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Qayd etilishicha, Tramp Yer fonidagi Oy tasvirini AQSH bayrog‘i va “Oy bizniki” degan yozuv bilan e’lon qilgan.

RIA Novosti nashrining yozishicha, Britaniya Kolumbiyasi universitetining astronomiya bo‘yicha faxriy professori Jeymi Mettyus Oyning biror davlatga tegishli ekanini da’vo qilish uchun huquqiy asos yo‘qligini bildirgan.

Uning ta’kidlashicha, hech bir davlat Oyni o‘z hududi deb e’lon qila olmaydi. Bu 1966 yil 19 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Kosmos to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan.

Professorning qayd etishicha, AQSH astronavtlarining bundan qariyb 50 yil avval Oyga qo‘ngani ham mamlakatga Yerning tabiiy yo‘ldoshiga egalik qilish huquqini bermaydi. AQSHning Oyga 12 kishini yuborgani uning tegishliligi masalasida hech narsani anglatmaydi.

Shartnomaga ko‘ra, kosmik fazo, Oy va boshqa osmon jismlari barcha davlatlar tomonidan kamsitishlarsiz tadqiq etilishi va foydalanilishi uchun ochiq. Hujjat hozirda 118 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oy yuzasidagi biror ob’ekt uning sharafiga nomlanishini xohlashini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing