Tramp otishma sabab Oq uydagi brifingni to‘xtatdi

Olam

image

Kecha, 10 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda brifing o‘tkazayotgan vaqtda otishma yuz berdi. Shu sababli maxfiy xizmat agentlari Prezidentni brifinglar xonasidan olib ketishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, brifing vaqtida maxfiy xizmat ofitseri Oq uy oldida bir odamga o‘q uzib, jarohatlagan. Oq uy majmuasiga bostirib kirilmagan, Maxfiy xizmat himoyasidagi hech kim jarohatlanmagan.

Oq uy oldidagi otishmada jarohatlangan 51 yoshli erkakning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan. Kolumbiya okrugi o‘t o‘chirish xizmati ma’lumotiga ko‘ra, erkak jiddiy jarohat olgan.

Maxfiy xizmat vakili Tom Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, erkak qurollangan bo‘lgan va ofitser oldiga tajovuzkor yaqinlashgan va o‘t ochishga tayyordek ko‘ringan. 

Tramp maxfiy xizmat agentlari uni brifinglar xonasidan olib chiqib ketganida endigina koronavirus bo‘yicha brifingni boshlagandi. Prezident biroz o‘tib qaytgan va Oq uyda otishma yuz berganini, ammo vaziyat nazoratda ekanini ma’lum qilgan.

"Haqiqiy otishma bo‘ldi va kimnidir shifoxonaga olib ketishdi", degan Tramp.

Prezident uni o‘z xonasiga olib borishganini va Oq uyga kirish bloklab qo‘yilganini ham qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

581

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing