Tramp Olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritgan AQSH futbolchilarini tanqid qildi
Sport
−
07 avgust 2021
3511AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasining Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini keskin tanqid qildi.
Bronza medal uchun o‘tkazilgan bahsda amerikaliklar yarim finalda Kanadaga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi (0:1). Ushbu natijadan so‘ng, Tramp o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Agar jamoamiz ijtimoiy muammolarga shunchalik berilib ketmaganida edi, bronza emas, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Faqatgina muammolar haqida o‘ylasangiz, yutqazasiz. Futbol jamoamizda aynan shunday edi”, deydi Tramp.
Donald Tramp “uyg‘otuvchilar” atamasini ishlatgan, bu so‘z odamlar hozirgi ijtimoiy va siyosiy kun tartibiga, shuningdek irqiy kamsitish va adolatsizlikka alohida e’tibor beradiganlarga nisbatan aytilgan. Trampning fikricha, binafsharang sochli ayol (Megan Rapino) radikal siyosatdan boshqa narsani o‘ylamagan va o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmagan.
Ma’lumot uchun, Megan Rapino bronza medallar uchun kechgan uchrashuvda Avstraliya darvozasiga ikkita gol kiritdi. Shuningdek, 2019 yilda “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi