Tramp Oq uydan keyingi boshpanasidan quvilishi mumkin

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin. Negaki bino turar joy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumki, sobiq davlat rahbari ko‘chmas mulkni 1985 yilda Marjori Merrivezerdan sotib olgan. Keyinroq Tramp uni xususiy golf-klubiga aylantirgan. Shu sababdan u doimiy ravishda Mar-a-Lagoda yashab qololmaydi.

“Mar-a-Lagoni Trampning doimiy qarorgohi yoki ofisi sifatida qo‘llanishi Palm-Bich shahri ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va bu bo‘yicha qaror shahar kengashining 9 fevralda o‘tadigan yig‘ilishida muhokama qilinadi”, degan Palm-Bich shahri boshqaruvchisi Krik Bluen.

Qayd etilishcha, Tramp qarorgohni golf-klubga aylantirgan vaqtda shahar ma’muriyati bilan qarorgohda cheklangan vaqt bo‘lish bo‘yicha kelishib olgan. Tramp o‘shanda Mar-a-Lagoda yiliga ko‘pi bilan 21 kun bo‘lishga rozi bo‘lgan. U xususiy qarorgohni biznes ob’ektiga aylantirish uchun boshqa cheklovlarga ham rozi bo‘lishi talab qilingan. Misol uchun, Mar-a-Lagodagi golf-klubning 500 dan ko‘proq a’zosi bo‘lmasligi, klub a’zolari, jumladan Tramp Mar-a-Lagoda uzluksiz 7 kun yoki yiliga 3 haftadan ko‘p qolmasligi kerakligi belgilangan.

Biroq Tramp Prezidentlik davridayoq Mar-a-Lagoda ko‘proq qolib, cheklovni buzgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Floridadagi kurort aholisi Tramp Oq uydan ketgandan keyin Mar-a-Lagoni o‘zining doimiy yashash joyiga aylantirishini istamayapti. O‘z navbatida Trampning Trump Organization kompaniyasi sobiq Prezidentga Mar-a-Lagoni qarorgoh sifatida qo‘llashni taqiqlovchi birorta hujjat yoki kelishuv yo‘qligini aytgan.

Avvalroq, Tramp Floridada sobiq Prezident majburiyatlarini bajarish uchun o‘ziga ofis ochgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

452

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing