Tramp Mudofaa vazirini iste’foga chiqarib, Pentagonga yangi rahbar tayinladi
Olam
−
09 noyabr 2020
15394AQSH Prezidenti Donald Tramp Mudofaa vaziri mark Esperni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Prezident ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Tramp Milli aksilterror markazi rahbari Kristofer Millerni mamlakat Mudofaa idorasiga boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.
“Men shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamanki, milliy aksilterror markazi direktori Kristofer Miller bundan buyon Mudofaa vaziri vazifasini bajaradi. Kris bu ishni qoyilmaqom qilib uddalaydi! Mark Esper iste’foga chiqarildi. Men unga [bajarilgan] ishlar uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, degan Tramp.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Senat Kristofer Miller nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq, OAVda Mark Esper iste’foga chiqish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.